PHP 8.4 da nimalar yangilik
PHP 8.4 — Backend dasturlashdagi inqilobiy yangilanishlar
PHP hamjamiyati navbatdagi yirik reliz — PHP 8.4 versiyasini taqdim etdi. Ushbu versiyada kodning o‘qilishini va unumdorligini sezilarli darajada oshiruvchi qator texnik imkoniyatlar kiritildi.
1. Property Hooks — Getter va Setter larni soddalashtirish
Property hooks imkoniyati orqali ortiqcha getter va setter metodlarini yozmasdan, atributning o‘zida qiymatni o‘zgartirish va olish mantig‘ini belgilash mumkin:
class User {
public string $name {
get => strtoupper($this->name);
set(string $v) => $this->name = trim($v);
}
}2. Performance va JIT ko‘rsatkichlari
PHP 8.4 versiyasidagi JIT (Just-In-Time) komplyatori optimallashtirilishi natijasida backend so‘rovlarini qayta ishlash tezligi 10% dan 14% gacha oshdi.
3. Asymmetric Visibility
Xususiyatni o‘qish uchun public, lekin o‘zgartirish uchun private belgilash imkoniyati kiritildi.
Batafsil rasmiy hujjatlar bilan php.net manbasida tanishishingiz mumkin.